Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning muammolarini shaxsan o‘zi qabul qiladi




Endi o‘zingizni qiynayotgan masalalar va muammolar yuzasidan ariza, shikoyat yoki takliflar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi – Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilish imkoni yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.
 
Joriy yilning 24 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Internet tarmog‘idagi virtual qabulxonasi test rejimida ishga tushdi. Unga ko‘ra, fuqarolar o‘z murojaatlarini pm.gov.uz manziliga yo‘llashlari mumkin.
 
Ushbu virtual qabulxona jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomiga yuborilayotgan murojaatlardagi masalalarni iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy tahlil etib, hal etilishini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tubdan takomillashtirish maqsadida tashkil qilindi, deyiladi hukumat axborotida.
 
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini 3 xil usulda: (0 800) 210-0000 yoki “1000” qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish (qo‘ng‘iroq respublika bo‘yicha bepul, faqatgina statsionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narhi bo‘yicha haq olinadi), murojaat yuborish (pm.gov.uz veb-saytida keltirilgan shaklni to‘ldirish orqali) yoki “O‘zLiDeP” hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali yuborish mumkin.
 
Har bir murojaat ro‘yxatga olinadi va ijroga yuborilib, nazoratga olinadi. Barcha yuborilgan murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi, takliflar esa tegishli vazirlik va idoralarning faoliyatida e’tiborga olinadi.
 
Murojaat yuborgan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi
 

Источник: qalampir.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (26.09.2016)
Просмотров: 2073 | Теги: Shavkat Mirziyoyev | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar