Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi


 


O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qabul qildi. Bu haqda Turkiya Prezidentining rasmiy sayti xabar berdi.
Uchrashuv boshida bayonot bilan chiqqan Turkiya rahbari ikki o‘lka aloqalarini xalqlar orasidagi abadiy qardoshlikka loyiq bir darajaga olib chiqishni istashiga urg‘u bergan holda “buni faqatgina manfaatlarimizning umumiyligi emas, qardoshlik huquqimizning va tarixiy ma’suliyatimizning bir ijobati sifatida ko‘raman”, deb ta’kidladi.
 
Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va uning turkiyalik hamkasbi Mavlud Chavusho‘g‘li ham ishtirok etdi. Uchrashuv boshida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on OAV vakillari bilan muloqot qildi.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (19.11.2016)
Просмотров: 295 | Теги: Shavkat Mirziyoyev, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
avatar