Главная » 2016 » Июнь » 5 » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Muhammad Ali bilan tushgan fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi
17:49
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Muhammad Ali bilan tushgan fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi



Facebook’dagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf saboqlari” sahifasida marhum diniy arbobning afsonaviy bokschi Muhammad Ali bilan birga tushgan fotosurati e’lon qilindi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va afsonaviy bokschi Muhammad Ali ko‘rishmoqda”, — deb izoh berildi fotosuratga.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokama chog‘ida fotosurat qayerda olinganini oydinlashtirishga urindi. Ko‘pchilik surat 1978-yilda — Muhammad Ali Toshkentga tashrif buyurganida tushirilganini ehtimolga yaqin taxmin deb hisobladi. Fotosuratni joylashtirgan sahifa ma’muri, o‘z navbatida, bu masala aniqlashtirilib, qo‘shimcha tarzda yozib qo‘yilishini aytdi.

Muhammad Ali 3-iyun kuni Finiks shahridagi shifoxonada olamdan o‘tdi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 1032 | Добавил: AdminoFF | Теги: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Muhammad Ali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: