Shifoxona uy qamog‘i hisoblanadimi?


Uy qamog‘i shaklidagi ehtiyot chorasi qanday hollarda qo‘llaniladi? Tibbiy muassasa ham uy qamog‘ida saqlash joyi hisoblanadimi?
                                               N.Xoldorova, Samarqand

N.XALILOVA,O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati:
— 2014 yilning 4 sentyabrida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Jinoyat-protsessual kodeksiga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi kiritildi.
Jinoyat Protsessual Kodeksiga kiritilgan yangi 242-1-moddaga asosan, uy qamog‘i gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganida uning yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni inobatga olgan holda qamoqqa olish nomuvofiq, deb topilgan taqdirda qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish maqsadida uy qamog‘i qo‘llaniladi.
Uy qamog‘i ko‘rsatilgan shaxsning jamiyatdan to‘liq yoxud qisman ajratib qo‘yilib, o‘zi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.  Sog‘liq holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamog‘ida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.

 


Категория: FIKR MULOXAZA | Теги: uy qamog‘i, Shifoxona
Просмотров: 1335 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:04
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz