Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Shohjahon Jo`raev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo`lgan qo`shiqlarga mo`ylovli Shohjahon to`g`ri kelmas ekan”




Xonanda Shohjahon Jo`raev imidjini o`zgartirgani va o`zining “tashrif qog`ozi”ga aylanib qolgan mo`ylovi bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik. Shohjahon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida tashqi ko`rinishiga o`zgartirish kiritishi sabablariga to`xtalib o`tdi. 

“Bu haqda gapirsam, tarixi uzun. Bilasizmi, o`zimga qolsa bu imidjda allaqchon ko`rinish bergan bo`lardim. Ammo ijodimni boshlagan yillarim istasam-istamasam, dadamga qiyoslovchilar ko`p bo`lgan. Mana o`n yildirki, dadamning yo`nalishida, ularning qo`shiqlarini qayta kuylab ijod qildim, to`plamlar yaratdim. Tan olishim kerak, shu kungacha sahnaga chiqqanimda men uchun emas, dadam uchun qarsak chalinardi, ya`ni ularning qo`shiqlarini kuylaganim uchun.  Ammo butun umr soyada yurishim to`g`ri emasligini yaxshi bilaman. Bugun dadamga munosib o`g`il ekanimni etarli darajada isbotladim. Endi ko`rganlar kimningdir o`g`li emas, Shohjahon Jo`raev deyishyapti. Sekin-sekin ikki yo`nalishni qorishtirib, o`zim istagan yo`nalishga ham etib kelyapman. Aytmoqchimanki, aslida men yaratishni istagan qo`shiqlar bugungi kunda jarang sochishni boshladi, prem`erasi kutilayotganlari ham bor. Men istagan yo`nalishdagi qo`shiqlarga esa mo`ylovli Shohjahon to`g`ri kelmas edi. Shuning uchun imidijimga biroz o`zgartirish kiritdik. Bugungi yaratadigan qo`shiqlarim 35 yoshdan kichik bo`lganlarga mo`ljalangan. Rok-n-roll elementlari qo`llanilayotgan yangi qo`shiqlarimni eski shinavandalarim tushunmay qolishadimi deyman-da. Tez kunlarda yangi albomdan joy olgan “Go`zalim” qo`shig`i efirlarga uzatiladi. Bu qo`shiq milliy yo`nalishda emas, u yoshlarbop janrda. Nima demoqchiligimni muxlislar qo`shiqni tinglaganda bilib olishadi”,—deydi Shohjahon Jo`raev. 

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.10.2016)
Просмотров: 285 | Теги: Shohjahon Joraev, imidj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar