Singapur va AQShda o‘zi harakatlanuvchi avtobuslar yo‘lovchi tashishni boshladi


Fransiyaning EasyMile kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan EZ10 robotlashtirilgan avtobuslari Singapurda va AQShning Kaliforniya shtatida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda 3Dnews xabar bermoqda.

EZ10 — to‘liq o‘zi harakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, uning hatto ruli ham yo‘q. U litiy-ionli akkumlyatorlar blokidan quvvat oluvchi elektr motor yordamida harakatga keladi.Bir marta to‘liq quvvatlantirilganidan so‘ng, avtobus taxminan 80 kilometr yo‘l bosa oladi, quvvatni tiklashi uchun esa sakkiz soat vaqt kerak. Avtobusning o‘rtacha tezligi soatiga 20 kilometrni, eng yuqori tezligi esa soatiga 40 kilometrni tashkil etadi.Mini-avtobuslar ko‘pi bilan 12 nafar yo‘lovchini tashiy oladi. Ular xotirasiga avvaldan kiritilgan yo‘nalish bo‘ylab harakat qiladi, to‘qnashuvlardan qochish va favqulodda vaziyatlarga to‘g‘ri munosabat bildirishda unga lidar, videokameralar, yuqori aniqlikdagi GPS signallari asosidagi navigatsiya tizimi, shuningdek, turli bort uzatgichlari yordam beradi.Avtobusni belgilangan yo‘nalishdan tashqariga olib chiqmoqchi bo‘lishsa, u avtomatik ravishda to‘xtaydi. EasyMile EZ10 boshqaruv markazi bilan axborotlarni shifrlangan ko‘rinishda almashadi.Roboavtobuslardan hozircha keng miqyosda foydalanish imkoni yo‘q. Ular Singapurda Gardens by the Bay futuristik park majmuasi hududi bo‘ylab harakatlansa, Kaliforniyada Bishop Ranch biznes-parkida foydalaniladi.

Sinovlar 2015-yil dekabrida boshlanadi, 2016-yil o‘rtalaridan esa to‘laqonli yo‘lovchi tashish ishlari boshlanishi kutilmoqda.Qo‘shimcha sifatida qayd etish joiz, Fransiya, Finlyandiya, Italiya, Ispaniya va Shveysariyada ham EasyMile EZ10 mini-avtobuslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 1071 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:42
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz