Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Sitora Alimjonova Sherzod Bin bilan bo`lgan munosabatlariga oydinlik kiritdi


 

Shaddod, kezi kelganda cho`rtkesar, ba`zida esa quvnoq aktrisa Sitora Alimjonova  “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida Sherzod Bin bilan bo`lgan munosabatlariga oydinlik kiritdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo`lgan Sherzod Bin bilan tushgan suratlarim Oybek va Nigoraning qo`shig`iga ishlangan klipdan olingan. Men hech qachon san`atkor yigitga turmushga chiqmayman, sababi o`ta rashkchi va qizg`anchiqman. San`atkor erkak esa doim muxlislari qurshovida bo`ladi. Bo`lajak turmush o`rtog`im futbolchi yoki tadbirkor bo`lishini istayman. To`g`risini aytaman, Sherzod bilan yaxshi do`stmiz, bundan boshqa munosabat yo`q. Hammasi mish-mish. U mening haqiqiy do`stim, o`rni kelganda har doim qo`llab-quvvatlaydi, maslahatini ayamaydi. Birgalikda partnyor bo`lib ijro etgan rollarimiz omadli chiqdi. Bir-birimizni partnyor sifatida yaxshi tushunganimiz uchun rejissyorlar bizni birga taklif qiladi. Fe`l-atvorim o`g`il bolanikiga o`xshagani bois, ular bilan tez til topishaman. Bunga o`g`il bolalarning xarakteri kabi dangalligim va ochiqligim sabab bo`lsa kerak”.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (14.07.2016)
Просмотров: 1539 | Теги: Sitora Alimjonova, Sherzod BIN | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar