Skarlett Yoxansson ilk marta serialda suratga tushadi

Gollivudning taniqli aktrisasi Skarlet Yoxansson yozuvchi Jon Katsenbax asari asosida suratga olinadigan "Adolat nomi ila" serialida bosh rolda ko‘rinish beradi. Aktrisa mazkur serialda ijrochi prodyuserlardan biri sifatida ham ishtirok etadi.

Bu Yoxanssonning ijodiy faoliyatidagi ilk serial hisoblanadi. Syujetga ko‘ra, gazeta muxbiri Medison Kauart kichik yoshli qizaloqning joniga qasd qilgani uchun qatlga hukm etilgan mahkumning so‘nggi kunlarini yoritadi. U jarayon davomida mahkumning aybsiz ekanligini tushunib qoladi va adolat uchun kurashadi.

Katsenbax asari asosida suratga olingan birinchi film 1995-yilda "Haq ishi" nomi bilan ekranlarga chiqqan. Undagi bosh rolni Shon Konneri ijro etgan. Skarlett Yoxanssonning ilk rollaridan biri ham mana shu filmda bo‘lgan.



Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: ILK, tushadi, suratga, serialda, Skarlett, MARTA, Yoxansson
Просмотров: 134 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:01
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz