Снежная Королева – yangi yilga bag‘ishlangan oilaviy myuzikl


O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilishi rejalashtirilgan va ayni damda katta tayyorgarlik olib borilayotgan “Snejnaya Koroleva” nomli oilaviy myuzikl yangi yilga ajoyib sovg‘a desak yanglishmaymiz. 8-10 yanvar kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan mazkur myuzikl yangi yil ta’tilini yanada maroqli o‘tishini ta’minlaydi.

Mazkur myuziklda bosh rollarni mahoratli xonandalar Sardor Milano, Saida, Jasur Mirsagatov hamda Kamilla ijro etishmoqda. Bolalar va kattalar orzusi qachonki, oilada yangi yil stoli atrofida o‘tirib, ota-ona va bolalar bir-biriga sovg‘alar ulashsagina amalga oshadi va bu lahzalar unutilmas onlarga aylanadi hamda bir umrga yodda qoladi. “Snejnaya Koroleva” ham bolalar va kattalar orzusini amalga oshiradigan haqiqiy yangi yil shousi hisoblanadi.

Iqtidorli san’atkorlar, yorqin kastyumlarda chiroyli chiqishlar, betakror va bayramona dekoratsiya barchasi siz uchun. Bu ro‘yhat myuzikldan bir tomchi holos. Rejissyor va uning ijodiy jamoasi sizlar uchun kutilmagan tuhfalar tayyorlamoqda. Buning barchasiga 8-10 yanvar kunlari “Istiqlol” san’at saroyiga tashrif buyurib unutilmas lahzalardan oilaviy bahramand bo‘lishingiz mumkin.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Снежная королева, O'zbek, Yangi Yil, Yangi
Просмотров: 1129 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:19
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz