Soch to'kilishiga qarshi 5 eng samarali usul



Homilador va emizikli ayollar soch to`kilishidan shikoyat qilishadi. Agar sizni ham bu muammo tashvishga solsa, e`tiboringizga uy sharoitida qo`llash mumkin bo`lgan eng oson va samarali niqoblarni havola etamiz.  
1.  50 gr. tabiiy xinaga biroz yog`li qatiq qo`shib aralashtiring, quyuq qorishma hosil bo`lsin. Tayyor qorishmani suv bug`ida ilitib, 2 ampula B6 vitaminidan qo`shing va yaxshilab aralashtiring. Soch ildizlariga xinali niqobni surtib, sochiq yoki polietilen xalta bilan yarim soatga o`rab qo`ying. Niqobni iliq suvda yuvib tashlaysiz. Bu niqobdan haftada ikki marta foydalansangiz, sochlaringiz sog`lom va jilokor bo`ladi.
 
2.  Bitta tuxum sarig`ini sanchqi yordamida aralashtiring-da, ustiga 1 choy qoshiq o`simlik yoki zaytun moyi va 2-3 osh qoshiq asal qo`shib aralashtiring. Niqobni soch ildiziga surtib, 2 soatdan so`ng iliq suvda chayasiz. 
 
3.  Yoki shunchaki tuxum sarig`ini olingda, soch ildiziga surtib qo`ying bu ham juda yaxshi samara beradi.
 
4.  Sochni yuvib bo`lgandan so`ng moychechak, ittikanak, eman po`stlog`i, qariqiz tomiri, yalpiz, qizilpoycha, gazanda va shu kabi boshqa o`simliklardan tayyorlangan damlamalardan birida chaying. Bu o`simliklarni istalgan dorixonadan topishingiz mumkin. 
 
5.  Homiladorlik vaqtida sochlarni bolalar shampuni bilan yuvish tavsiya etiladi, uning tarkibida kimyoviy moddalar kam bo`lib, sochga yomon ta`sir ko`rsatmaydi. 
 
6. Har kuni boshni 5-10 daqiqa uqalang. Shunda boshda qon aylanishi yaxshilanib, soch ildizlari mustahkamlanadi. Homiladorlik davrida sochlarni aslo bo`yamang.


Категория: SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK) | Теги: Soch to'kilishiga qarshi 5 eng sama
Просмотров: 3001 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:34
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz