Soch to‘kilishi Shohjahon Jo‘raevni ham chetlab o‘tmadimi?


Ayni kunlarda respublikamizning turli hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” tadbirlari bo‘lib o‘tyapti. Ushbu tadbirlarda ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqlarga tinimsiz suratlarini joylab borayotgan Shohjahon Jo‘raevning bugun tunda Instagram’ga joylashtirgan surati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xonanda tadbirlarda bosh kiyimini yechmasdan ishtirok etayotgan edi. Navbatdagi suratda esa u bosh kiyimsiz namoyon bo‘lgan.

Xonanda sochini shu daraja kalta qilib oldirganmi yoki unda ham aktyor Alisher Uzoqovniki kabi soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolar boshlanganmi, bunisi noma’lum. Biroq xonanda surat ostiga quyidagicha izoh qoldirdi:

“Yangi qiyofa, yangi do‘stlar, yangi muxlislar, yangi g‘oyalar... Bosh kiyimsiz yangi qiyofadagi birinchi ommaviy surat. G‘iybatchilar, boshlang endi...”.
Bu surat ko‘p o‘tmay Telegram messenjerida ham tarqashga ulgurdi. Shohjahonning hamkasbi Mashhurbek bilan tushgan suratida esa qiyofasi yanada yaqinroq ko‘ringan. Internetdagilarning taxmin qilishlaricha, Shohjahon soch ektirgan bo‘lishi mumkin.
Darvoqe, ijtimoiy tarmoqlarda uning surati ostiga qoldirilayotgan aksariyat izohlarda muxlislar xonandaning konsert berishini intizorlik bilan kutayotganini ma’lum qilishgan. 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Soch to‘kilishi, Shohjahon Jo‘raev
Просмотров: 1187 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz