Soxta 10 ming AQSh dollari muomalaga kiritilgani aniqlandi


Qozog‘istonning Olma-ota shahrida ikki yigit uzoq vaqt davomida soxta dollar kupyuralarini valyuta ayirboshlash shahobchasidan tengega almashtirib kelgani aniqlandi.


Qozog‘iston Respublikasi prokuratura xodimlarining ta’kidlashlariga ko‘ra, kupyuralarni soxtalashtirilgan ko‘rinishi original pul banknotasi bilan juda o‘xshash ekanligi sababli ularni ajratish imkoni bo‘lmagan. Natijada jinoyatchilar pullarni soxtalashtirish va ularni tengega ayirboshlash bilan 3 oy davomida shug‘ullanib kelishgan.

Yigitlar joriy yilning aprel oyida 9700 soxta AQSh dollaridan foydalanganligi uchun qo‘lga olingan. Sud jarayonida ular aybiga iqror bo‘lgan.

25 avgust kuni sud qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ikkala shaxsning mol-mulki musodara qilinadigan bo‘ldi. Shuningdek, jinoyatchilarning o‘zi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Durdona Rasulova



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: AQSh, muomalaga kiritilgani aniqlandi, 10 ming, Dollar, Soxta
Просмотров: 1132 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:46
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz