Главная » SPORT YANGILIKLARI

"SPORT TV" Amerika kubogi o'yinlarini namoyish etadi




Evro-2016 turniridan bir hafta oldin nufuzi jihatdan Evropa CHempionatidan keyingi o'rinda turuvchi Amerika Kubogi bahslariga start beriladi.
Sport telekanalining kelayotgan yangi hafta (6-12 iyun) uchun Erudit Sport gazetasiga berilgan TV-dasturlarida yozilishicha, Sport TV Amerika Kubogi-2016 uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etadi. Ushbu bahslarning boshlanish vaqti bizning vaqt bilan asosan tong saharda to'g'ri kelayotganligi bois, markaziy uchrashuvlar kunduzgi va kechgi efirlarda ham takroran namoyish etiladi.

Sport telekanalining joriy haftadagi, aniqrog'i shanba va yakshanba kungi TV-dasturlarida Amerika Kubogi o'yinlarining namoyish etilishi malum qilinmagan bo'lsada, Toshkent vaqti bilan 4 iyun, shanba kuni tonggi soat 06:30 da AQSH – Kolumbiya o'yini bilan start oladigan turnir tranlyaciyasi huquqini qo'lga kiritgan telekanal ushbu uchrashuvdan boshlab bahslarni namoyish etish ehtimoli katta.

Turnirning 100 yillik yubileyi munosabati bilan AQSHning 10 ta stadionida o'tkaziladigan ushbu qadimiy turnir barchada katta qiziqish uyg'otishi tabiiy. Zero, jahon futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan Messi sardorligidagi Argentina, Neymar etakchiligidagi Braziliya, Suares va Kavani juftligidagi Urugvay, Sanches-Vidal etakchiligidagi CHili, Xames Rodriges ishtirokidagi Kolumbiya, to'purar CHicharito boshchiligidagi Meksika kabi terma jamoalarning shiddatli qarama-qarshiligi hech bir ishqibozning etiboridan chetda qolmasligi aniq.

Sport telekanalining bir haftadan keyin boshlanadigan Evro-2016 turnirini namoyish etish yoki etmasligi hali malum qilingan emas.

Источник: championat.asia
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (03.06.2016)
Просмотров: 421 | Теги: Amerika kubogi, Sport TV | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar