Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Stivi Uander, boshqa xonandalar va minglab muxlislar qo‘shiqchi Prinsning xotirasini yodga oldi




Stivi Uander, Chaka Xan, saksofonchi Maykl Fillips, Morris Day & the Time guruhi, Nikol Sherziger, Tori Kelli va boshqa qo‘shiqchilar shu yilning aprelida vafot etgan taniqli qo‘shiqchi va bastakor Prins xotirasiga bag‘ishlangan konsertda ishtirok etmoqda, deb yozadi “TASS”.
Ajoyib tartibsizlik” deb atalishga ulgurgan shou Minnesota shtati Sent-Pol shahrida o‘tkazilmoqda.
 
Shahar meri Kris Kolmen 13-oktabr, payshanba kunni Prins kuni deb e’lon qildi va qo‘shiqchi ijodining millionlab muxlislarini unga xos bo‘lgan siyoh rangli kiyim kiyishga chaqirdi.
 
Prins 2016-yil 21-aprelda o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Patolog-anatomlar hisobotiga ko‘ra, uning o‘limiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi opioid analgetik dozasining oshirib yuborilganligi sabab bo‘lgan.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (16.10.2016)
Просмотров: 209 | Теги: Stivi Uander | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar