Suriyalik ayol Stokgolmga yo‘l olgan Turkiya samolyoti bortida farzandini dunyoga keltirdi

Suriyalik ayol Turkiyaning Pegasus Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortida farzandini dunyoga keltirdi. Istanbuldan Stokgolmga yo‘l olgan havo kemasi yo‘lovchilari ayolda to‘lg‘oq boshlangan payt vahimaga tushdi, deya xabar beradi The Hürriyet Daily News.

Bortdagi kutilmagan vaziyat samolyot Ukraina ustidan uchib o‘tayotganda yuz berdi. Ekipaj avvaliga majburiy qo‘nishni amalga oshirmoqchi bo‘ldi, biroq keyinchalik bundan voz kechildi.

Uch nafar bolasi bilan sayohat qilayotgan ayol samolyotning orqa qismiga o‘tkazildi. Uning to‘rtinchi farzandi dunyoga kelishiga bort-kuzatuvchilar, shuningdek, hamshiralikka o‘qigan yo‘lovchi ayol yordam berdi. 

Tug‘ruq jarayoni ko‘ngildagidek o‘tdi. Stokgolmga kelgandan so‘ng ayol va chaqaloq mahalliy kasalxonaga yetkazildi. 



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Suriyalik ayol Stokgolmga yo‘l olga
Просмотров: 995 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:22
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz