Tadbirkorlarning mablag‘larini o‘zlashtirib “Lacetti” olgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar T.M., D.A. va M.I. “E.E.” MCHJni tashkil qilib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarida mavjud bo‘lmagan qurilish materiallarini yetkazib berish haqida e’lonlarni tarqatishib, 3 ta tadbirkorga qurilishda ishlatiladigan yirik arqonlarni yetkazib berish uchun jami 526,8 mln so‘mini MCHJ hisob raqamiga o‘tkazish orqali o‘zlashtirganliklari hamda ushbu mablag‘lar hisobidan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.” MCHJning sobiq rahbari L.X. joriy yilning fevral-oktyabr oylarida moliyaviy-xo‘jalik bo‘yicha direktor lavozimida ishlagan davrida MCHJning 290,9 mln so‘mini yaqin qarindoshlari va tanishlarining to‘lov kartalariga o‘tkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 168-moddasi (firibgarlik), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Tadbirkorlarning, o‘zlashtirib, olgan, ushlandi, Lacetti, mablag‘larini, firibgarlar
Просмотров: 143 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz