Talabalarning mavsumiy terim mehnat mashg‘uloti qanday tashkil etiladi?


So‘nggi paytlarda mahalliy matbuot nashrlari va televidenieda ko‘plab mavzular, ayniqsa jamiyatning yurak-tomiriga bolta urib kelgan ayrim masalalar ochiq muhokama etildi hamda bunday ishlar davom etmoqda.

Shular qatori, Bandlik va mehnat munosabatlari vazir​ birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov AQShning xalqaro munosabatlari bo‘yicha Senat qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv vaqtida Vazirlar Mahkamasi 8 avgust kuni​ O‘zbekiston hukumati 2017 yilgi mavsumda balog‘at yoshiga yetmagan yoshlarni, shuningdek, Sog‘liqni saqlash sohasi va ta’lim sohasi xodimlarini paxta terimiga jalb etishni taqiqla​b, tegishli qaror qabul qilgani haqida ma’lumot berdi.

Bu juda quvonarli hol, albatta. Masalaning boshqa tarafida esa yangi mavsumda paxta terimida ishtirok etmoqchi bo‘lgan terimchilarga yaratilgan sharoit talablari turibdi. Paxta terimi mavsumida voyaga yetgan talaba yoshlarning ayrimlari mehnatga jalb etiladi. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda, shunday tadbirning qanday tashkil etilishi borasida bir necha misollar bilan tanishib chiqishimiz mumkin.

Meva pishiqchiligi davrida Yevropaning bir necha rivojlangan davlatlarida oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun mavsumiy ishlar taklif etiladi. Bular orasida eng ko‘p tarqalgani Ispaniya va Kiprda «apelsin terish» bo‘lsa, Buyuk Britaniya hamda bir nechta Markaziy Yevropa davlatlarida turli ho‘l mevalarni terib, hosilni saralash kabi ishlar hisoblanadi.

Nega talabalar meva terimiga boradi?

Yig‘im-terim tadbiri, avvalo, yuqori vatanparvarlik ruhida tashkil etiladi. Shu ko‘rinishdagi mavsumiy ishga yozilgan talabalar uchun maxsus sharoitlar yaratib beriladi. Universitet hayotiga qadam qo‘ygan yoshlar uchun bu atrofdagilar bilan yaqindan tanishishning eng yaxshi imkoniyati hisoblanadi. Bir vaqtda ishlab, ham dam olish mumkin. Mahalliy hokimiyat vakillari terimning ko‘tarinki kayfiyatda, ortiqcha muammolarsiz, zarar va zahmatsiz o‘tishi uchun barcha favqulodda choralarni ko‘rib qo‘yadi.

Bundan tashqari, talabalar yig‘im tadbirlari ortidan qo‘shimcha daromad topishni ko‘zlab qo‘yadi. Buyuk Britaniyadagi «Mustaqillik» partiyasi yetakchi deputati Jon Beklining aytishicha, ushbu amaliyot ayni paytda ta’lim olayotganlar uchun dam olish bilan birga pul topishning eng yaxshi yo‘llaridan biri hisoblanadi.

Meva terim ishlari qay tartibda tashkil etiladi?

Bu masalani aniq raqamlar asosida ko‘rib chiqsak: o‘tgan yil 23 aprelida Kiprda boshlangan apelsin terimi oradan 8 kun o‘tib yakunlangan. Mintaqada mashhur Guzelyurt meva plantatsiyasida ish ikki smenada tashkil etiladi, shuning uchun terim mavsumi erta tugaydi. Bu turdagi tadbirlar, asosan, universitet Madaniy va ijtimoiy masalalari bo‘limi tomonidan nazoratga olingan bo‘ladi.

The Independent nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyada meva terimi ertalab soat 8:00da boshlanib, tushlikdan so‘ng soat 4:30ga qadar davom etadi. Bu orada yarim soat tushlik uchun va o‘n daqiqa «choy»ga vaqt ajratiladi.

Mehnat uchun qanday haq to‘lanadi?

Buyuk Britaniyada o‘rnatilgan tartib bo‘yicha mehnat evaziga haq ikki yo‘l bilan to‘lanadi: hosilning og‘irligiga qarab, shuningdek, soatbay ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin. Ammo hosilni o‘lchab, uning og‘irligiga qarab haq belgilash mantiqsizlikdek ko‘rinishi mumkin, chunki mevalar uyumi bir savatga to‘planishi ko‘p kuzatiladi, bundan kelib chiqadiki, haq terimchilari o‘rtasida teng bo‘linadi. Kim ko‘p tergani yoki termagani ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, talabalar ba’zan og‘ir bosishi uchun hosil savatiga tosh tashlab yuboradi. Eng kamida og‘ir yukni bir kun ko‘tarib yurish tinka madorni quritib yuboradi.

Bu ish orqali mo‘may daromad topish mumkinligi tufayli, Yangi Zelandiya va Avstraliyadagi mevalarni terishga sayyohlik vizasi orqali vaqtincha ishlab ketadigan migrantlar soni ham ko‘payadi.

E’tibor qilgan bo‘lsangiz, paxta va meva terimi bir xil ish emas, alohida e’tibor va katta kuch talab etiladigan «oq oltin» yig‘imini biz ham tajriba asnosida esdan chiqmas, maroqli xotiraga aylantirib yuborishimiz mumkin. Bu yilgi paxta terimi mavsumida qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta uchun 400 so‘mdan haq to‘lanishi rejalashtirilmoqda. ​O‘tgan yili 1 kilo paxta uchun 285 so‘m, 2015 yilda esa 260 so‘mdan haq to‘langani inobatga olinsa, paxta terimi talabalar uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylanishi mumkin.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: qanday tashkil etiladi, Talabalar, mehnat mashg‘uloti, mavsumiy terim, paxta
Просмотров: 1287 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz