Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Taniqli aktrisalardan biri shifoxonada vafot etdi




Barchamiz uchun sevimli bo‘lgan qator kinofilmlarda esdaqolarli rollar ijro etgan rossiyalik aktrisa Lyudmila Ivanova bugun, 7 oktabr kuni 83 yoshida vafot etdi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa 29 sentabr kuni shahardagi 13-shahar shifoxonasiga olib kelingan. Bu yerda u rejalashtirilgan davo muolajalarini olishi lozim edi. Ammo bugun shifoxonaning jonlantirish bo‘limida uning yuragi urishdan to‘xtadi.
 
“Ishdagi ishq” filmida Statistika boshqamasi kasaba uyushmasi rahbari lavozimidagi ayol – Shura rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktrisa Lyudmila  Ivanova 1933 yilning 22 iyunida Moskvada tug‘ilgan.
MXAT maktab-studiyasini tamomlagach, 1955 yil Moskvagi ko‘chma drama teatr guruhiga qabul qilingan. 1957 yil aktrisa “Sovremennik” teatriga o‘tadi va shu yerda 20dan ortiq spektakllarda ishtirok etadi.

Teatrda rol ijro etish barobarida Ivanova kinoda ham suratga tushardi. 1958 yilda ilk bor “Ko‘ngillilar” filmida rol ijro etgan. Umrining so‘ngiga qadar esa turli xarakter va janrdagi 80dan ortiq filmlarda qatnashgan.
 
Eldar Ryazanov tomonidan suratga olingan “Ishdagi ishq” filmidagi Shura obrazi, shubhasiz, aktrisaning eng esda qolarli rollaridan biri edi. O‘zbek halqi ham uni aynan ana shu filmdagi roli uchun sevardi...

Источник: qalampir.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (08.10.2016)
Просмотров: 1105 | Теги: Lyudmila Ivanova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar