Главная » 2016 » Октябрь » 16 » Taniqli xonandalardan biri mikroinsultni boshdan o`tkazdi
08:17
Taniqli xonandalardan biri mikroinsultni boshdan o`tkazdi





Xonandaning ukasi u haqdagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.   

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Azamat Sharipov avtohalokatga uchrab, ayni vaqtda ahvoli og`ir ekani haqida gap-so`zlar tarqalib ketdi. Xonandaning ukasi Islom Sharipov “Daryo” ga bergan  intervyusida avtohalokat haqidagi mish-mishlarni rad etdi

«Akam 17 sentyabr kuni mikroinsultni boshdan o`tkazib, uyda yotib qoldi. Ba`zi birovlar buni ‘Azamat Sharipov avtohalokatga uchrabdi, ahvoli og`ir ekan’, deb, turli gap-so`zlarni tarqatib yuboribdi. Shundan beri odamlar, do`stlarimiz xavotir bilan bizga qo`ng`iroq qilishmoqda», — deydi xonandaning ukasi.

«Hozir akamning ahvoli yaxshi. Biroz vaqt yotib qolganlari bilan, odamlar aytganidek og`ir ahvolda emaslar. Salomatliklarini tiklab bormoqdalar. Har xil gap-so`zlarga chek qo`yish maqsadida sizlarga murojaat qilgan edim», — dedi Islom Sharipov.

 
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 669 | Добавил: AdminoFF | Теги: Azamat Sharipov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: