Главная » 2018 » Январь » 6 » Taxlama iPhone chizmalari tarqaldi
21:54
Taxlama iPhone chizmalari tarqaldi

LG Display kompaniyasi bukma ekranli qurilmani patentdan o‘tkazdi. Gizchina shu haqidagi xabar bilan bo‘lishdi. Kompaniya yangi iPhone uchun texnologiyani ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.

Bundan avval LG'ning LG Display sho‘’ba korxonasi Apple'dan taxlama-smartfon uchun buklanuvchi AMOLED-displeyga buyurtma olgani haqida aytilgan edi. "Olma" kompaniyasi Samsung'ning moslashuvchan ekranli Galaxy X smartfoniga "javob" tayyorlamoqda. Koreyaliklar smartfoni chizmalari ham avval tarmoqda paydo bo‘lgandi.

Patentda qurilma qanday brend ostida chiqishi ko‘rsatilmagan. Ta’kidlash joizki, LG Display savdo markasi ostida faqat ekranlar ishlab chiqariladi. Patent 2017 yilning 21 martida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, biroq 2018 yilning 5 yanvariga kelibgina taqdim etilgan.

Chizmalarda ko‘rsatilishicha, devays o‘zaro to‘rtta sharnir bilan bog‘langan ikki qismdan iborat bo‘ladi. Old tomonning buklanadigan joyida ekran bo‘ladi. Qurilma ochiq holatida planshetni yodga soladi.

Категория: TEXNOLOGIYA | Просмотров: 44 | Добавил: ADMIN2 | Теги: iPhone | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: