Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

TDTU neft va gaz fakulteti talabalari o‘qishni Toshkentdagi Gubkin nomli neft va gaz universitetida davom ettiradi



Vazirlar Mahkamasining 13-iyundagi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat texnika universiteti neft va gaz fakultetining 2—3-kurs talabalarining o‘qishi I. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali tegishli yo‘nalishlariga ko‘chiriladi, deb yozadi Norma. Bunda ularning o‘qish shakli (davlat granti asosida yoki to‘lov-shartnoma asosida) saqlanib qoladi.

Bakalavriatning 4-kurs va magistraturaning 2-kurs talabalariga TDTUda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni tugatish imkoniyati beriladi.

Agar TDTU talabasi ta’limni O‘zbekistonning boshqa OTMlarida davom ettirish istagini bildirsa, bu Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va ularni o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftgaz” MXK ko‘chirilayotgan kontingentga ta’lim uchun to‘lov shartnomasi summasidagi farqni qoplash bo‘yicha choralar ko‘radi.

Ko‘chirilayotgan talabalarga 2016—2017-o‘quv yilida o‘quv fanlaridagi akademik farqni o‘zlashtirib olishi uchun sharoitlar yaratiladi, rus tilini intensiv tarzda o‘rganish kurslari tashkil qilinadi, ehtiyoji bo‘lganlarga Rossiya davlat neft va gaz universiteti yotoqxonasidan joy ajratiladi.

Avvalroq Toshkent davlat texnika universiteti qaytadan tashkil qilinishi xabar berilgan edi.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (21.06.2016)
Просмотров: 359 | Теги: OTM, Tdtu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar