Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Tennischi Vaja Uzoqovning xiyonati sabab xonanda Munisa Rizayeva u bilan munosabatlarini tugatdi



Xonanda Munisa Rizayeva tennischi Vaja Uzoqov bilan munosabatlariga bundan besh oy avval chek qo‘ygan. Bu haqda u “Sayyod.com”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
 

“Vaja bilan munosabatlarimizga besh oycha avval chek qo‘yildi. Meni hali erkak zoti tashlab ketmagan, axir mendek qizni tashlab ketish mumkinmi?”, — dedi Munisa Rizayeva.

“Vaja meni tashlab ketgani yo‘q, xiyonat qilgani rost. Men uni tashlab ketdim. Lekin hammasini unutdim. Uni kechirdim ham. Eslamayapman ham”, — dedi Munisa Rizayeva.

Avvalroq Munisa Rizayeva to‘y kuni belgilanganidan so‘ng, sevgan insoni xiyonat qilgani, shundan so‘ng uch oy davomida o‘ziga kela olmaganini ma’lum qilgandi. Qayd etish joiz, bundan avval Munisa Rizayevaning xonanda Jasur G‘oyipov bilan to‘yi bekor qilingan edi.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (14.07.2016)
Просмотров: 1457 | Теги: Munisa Rizaeva | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar