Главная » BILASIZMI?

Test: turmushingizda baxtlimisiz?






Turmushinigizda o`zaro muvofiqlik bor-yo`qligini quyidagi test orqali bilib olishingiz mumkin. Savollarga javob berib, o`zingiz va oilangiz haqida yangi-yangi ma`lumotlarga ega bo`lasiz.

Ijobiy javoblarga 1 balldan qo`yib borasiz.

Uyingizga eringizning qarindoshlari kelsa, hamisha xursand bo`lib kutasiz?
Birga hordiq chiqargan damlarni haqiqiy dam olish deb hisoblaysiz?
Hayotda turmush o`rtog`ingiz bilan bilmagan holda barobariga bir narsa haqida gapirgan vaqtingiz bo`lganmi?
Nima bo`lganidan qatiy nazar o`zaro munosabatlarda har ikki tomonni qoniqtiruvchi to`xtamga kela olasizlarmi?
Sovg`alaringiz bir-biringizga doim yoqadimi?
Oila byudjetini umumiy xarjlaysizlarmi?
Farzandlarinigz sizga va eringizga birdek quloq solishadimi?
Jufti halolingizning do`stlari uyingizga kelishidan quvonasizmi?
Eringizning professional muvaffaqiyatlaridan doim xursand bo`lasizmi?
Umr yo`ldoshingiz bilan umumiy qiziqishlaringiz bormi?
Sarhisob

0—3 ballgacha

Nikohingizni hali garmoniyali deb atash qiyin. Sizlar alohida o`z-o`zingiz bilan va faqat o`zingiz uchun yashaysiz. Har biringizning oila haqidagi qarashlaringiz har xil, qiziqish va intilishlaringiz ham tamomila farq qiladi. Uyingizni ham sokin osoyishta deya olmaymiz, u xuddi talabalar yotoqxonasi kabi g`ala-g`ovurli, sershovqin. Turmush o`rtog`ingizning ba`zi qiliqlari g`ashingizga tegadi, bir uyda istiqomat qilganingizdan xursand emassiz. Bolalar ham park, toqqa chiqib dam olishdan umid bo`lmagani uchun o`z ishlariga o`ralashib yuradi.

Maslahatimiz: atrofdagi voqealarga be`etibor bo`lmay, vaziyatni tezda to`g`irlang. Yo`qsa bunday xonadoshlik o`zining mantiqiy yakuniga etib, oilangiz buzilib ketishi mumkin.

4—6 ballgacha

Oilangizda to`liq uyg`unlik bor deya olmaymizu, har holda umid yo`q emas. Eng asosiysi–ikkalangiz ham mustahkam oilani barpo etib, saqlashni istaganingiz, demak, hammasi o`z qo`lingizda. Orangizdan “g`idi-bidi” bo`lib tursa-da, hech qachon bir-biringizning manfaatlaringizga zid qaror qabul qilmaysizlar. Yillar davomida bir-biringizni yaxshiroq tushunib, xarakteringizdagi nomuvofiqliklarni engib o`tasiz.

Maslahatimiz: Ro`zg`or masalalari va bolalar tarbiyasi o`z yo`liga, partneringizning ichki dunyosi bilan ham ko`proq qiziqing.

7 balldan yuqori

Sizlarga faqat havas qilish kerak. Xarakterlaringizdagi hamma jihatlar o`xshash. Bir-biringizni ko`z qarashidanoq tushunasiz, hamrohingiz nimani o`ylab, nimani his qilayotganini bilib turasiz. U haqiqatdan sizning “ikkinchi yarmingizga” aylangan. O`rtangizda gap qochishi amri mahol. Mobodo shunday bo`lsa, yarashuv uzoq kutilmaydi. Sizning nikohingizni yuz foiz ideal deb atash mumkin.

Maslahatimiz: Turmushdagi farovonlik va barqarorlik yaxshi, lekin uni asrab-avaylash kerkligini ham unutang. Ba`zan misqollab yig`ilgan oilaviy baxtni nojo`ya bir so`z bilan barbod qilish qilish hech gap emas.

Источник: gooper.uz
Категория: BILASIZMI? | Добавил: AdminoFF (24.10.2016)
Просмотров: 447 | Теги: Baxt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar