To‘ytepa shahri nomini o‘zgartirdi


25 avgust kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n birinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kuni boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Senatorlar Toshkent viloyati To‘ytepa shahrining nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar va unga ko‘ra To‘ytepa shahrining nomi Nurafshon shahri deb o‘zgartirildi. Ayni paytda esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq, 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi ochilgani va unda bir nechta qonunlar senatorlar tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: To‘ytepa shahri, nomini o‘zgartirdi
Просмотров: 817 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:06
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz