Главная » TURFA OLAM

Tog‘larda qolib ketgan turist ayol bir oy davomida qutqaruvchilarni kutdi





Chexiyalik ayol sayohat chog‘ida mashhur 32 kilometrlik Routeburn Track yo‘nalishida g‘oyib bo‘lgan edi. Oxir-oqibat u Yangi Zelandiyadagi tog‘larda qolib ketib, bir oy davomida qutqaruvchilarni kutgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Nomi keltirilmayotgan ayol eri bilan 26-iyul kuni sayohatga chiqqan edi. Ertasi kuni uning eri qiyalikdan tushib ketdi. Ayol erini topish uchun pastga tushdi, ammo turmush o‘rtog‘ining hayotini saqlab qola olmadi. Uch kun tog‘larda darbadar yurgan ayol nihoyat bo‘sh kulba topib, unda o‘rnashib oldi.
 
Qutqaruvchilar ayolning sog‘lig‘i joyidaligini uqtirmoqda. Bir oy davomida ayol nima bilan oziqlangani noma’lumligicha qolmoqda. Shu bilan birga, mahalliy gidlar ayolning bir oy davomida kulbaga hech kim kelmagani haqidagi so‘zlarini shubha ostiga olmoqda.
 
Politsiya voqeani o‘rganmoqda.

Источник: Daryo.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (27.08.2016)
Просмотров: 346 | Теги: turist ayol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar