Tohir Sodiqov qizini o‘zidan zo‘r bo‘lmagan san’atkorga turmushga bermasligini aytdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov konserti arafasida "Darakchi” nashriga bergan intervyusida qizini o‘zidan zo‘r bo‘lmagan san’atkorga bermasligini ta’kidladi. Bu haqda "Kun” nashri xabar berdi. Bo‘lajak kuyovining san’atkor bo‘lishini istashi-istamasligi haqida berilgan savolga Tohir Sodiqov shunday javob bergan: Ochig‘i, ba’zida ayolimga juda achinaman. Chunki biz, san’atkorlar, bilan yashash juda qiyin. Kunimiz tartib bilan o‘tmaydi. Shularni bilganim uchun qizimning onasi singari qiynalishini istamayman. Sodiqovning ta’kidlashicha, nima bo‘lganda ham uning aytgani emas, "taqdir buyurgani bo‘ladi”. Yana bir gap — agar Tohir Sodiqovdan o‘tadigan san’atkor bo‘lmasa, unga qizimni bermayman, – deydi "Bolalar” guruhi solisti. Aynan qanday san’atkor "Tohir Sodiqovdan o‘tgan” deb hisoblanishi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Eslatib o‘tamiz, Tohir Sodiqov 7—9-mart kunlari "Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Tohir Sodiqov qizini o‘zidan zo‘r b
Просмотров: 2027 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz