Главная » DUYNO XABARLARI

Tojikiston prezidenti ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Toshkentga keldi




Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 23-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini me’yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.


Источник: daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (23.06.2016)
Просмотров: 381 | Теги: ShHT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar