Toshkent arxitektura va qurilish instituti talabasi mudhish YTHda qurbon bo‘ldi

Kecha, 27 avgust kuni Toshkent shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Yunusobod tumanining Kichik xalqa yo‘li hududida Lacetti rusumli avtomobil yo‘lovchini urib yubordi.

Avtomobil haydovchisi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib, u avtoulovda katta tezlikda harakatlangan. YTH ishtirokchisi bo‘lgan piyoda esa 26 yoshli yigit bo‘lib, Toshkent arxitektura va qurilish institutining 2-bosqich talabasi bo‘lgan.

YTH oqibatida og‘ir tan jarohati olgan yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan. Biroq piyodaning hayotini saqlab qolishga bo‘lgan urinishlar zoe ketdi. Talaba yigit 28 avgust kuni, bugun tongda hayotdan ko‘z yumdi.

Yo‘l-transport hodisasi tufayli vafot etgan yigitning oila a’zolari, yaqinlari hamda do‘stlariga o‘z ta’ziyamizni bildiramiz.

Durdona Rasulova



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: mudhish, Toshkent arxitektura va qurilish in, YTH, qurbon bo‘ldi, talaba
Просмотров: 1183 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz