Главная » AVTO OLAM

Toshkent chorrahalariga o`rnatilgan kameralar yozib olgan avariyalarning navbatdagi jamlanmasi e`lon qilindi (Video)



Toshkent shahri chorrahalariga o`rnatilgan kuzatuv kameralari yozib olgan yo`l-transport hodisalarining navbatdagi qisqa jamlanmasi Mover videoxizmatiga joylashtirildi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)» guruhida xabar qoldirilgan.

Videojamlanmaga 2016 yilning 6 martidan 16 maygacha bo`lgan oraliqda yuz bergan oltita yo`l-transport hodisasi kiritilgan. Videodagi qariyb barcha avariyalar haydovchilarning svetofor ishoralariga bo`ysunmasligi yoki ustunlikka ega bo`lgan harakat ishtirokchisiga yo`l bermasligi oqibatida sodir bo`lgan, deya xabar beradi “Daryo.uz” nashri.

Bungacha Toshkent chorrahalariga o`rnatilgan kameralar yozib olgan yo`l-transport hodisalarining ikkita videojamlanmasi e`lon qilingan edi.


Video ushbu manzilda

Источник: darakchi.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (30.07.2016)
Просмотров: 684 | Теги: YTH | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
avatar