Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkent shahar hokimligining tezkor axboroti





Avval xabar berilganidek, 2016 yilning 1-sentyabr kuni Toshkent shahrining 12 ta bog` va maydonlarida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag`ishlangan bayram tantanalari va xalq sayllari bo`lib o`tadi. Shu bilan birga, ayni bayram kuni Jahon chempionati saralash bosqichining uchinchi davrasi doirasida futbol bo`yicha O`zbekiston  va Suriya terma jamoalarining uchrashuvi ham rejalashtirilgan. 

Mazkur uchrashuv kech soat 20:00da “Bunyodkor” stadionida boshlanib, unda qariyb 35 mingdan ortiq futbol muxlislarining ishtirok etishini inobatga olgan holda, shuningdek hamshaharlarimizning bog` va maydonlardagi bayram sayllaridan o`z uylariga qaytishlari chog`ida avtotransport oqimida tirbandliklarning oldini olish maqsadida, qolaversa  poytaxtimiz keng jamoatchiligi, ayniqsa nuroniy otaxon va onaxonlar, oqsoqollarning taklif va istaklaridan kelib chiqib, Toshkent shahar hokimligi O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami munosabati bilan o`tkazilishi rejalashtirilgan mushakbozlik(salyut otish)ning boshqa kunga ko`chirilganini ma`lum qiladi.

Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (31.08.2016)
Просмотров: 3022 | Теги: mustaqillig | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar