Toshkent shahar IIBB boshlig‘i soqol qo‘yishga ruxsat berdimi?


Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda soqol qo‘yish masalasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kuni kecha “Qalampir.uz” internet nashri rahbari Qamariddin Shayxovning “Soqol, hijob... Keyin-chi?!” nomli maqolasida ham shu mavzuda so‘z borgan edi. Ushbu maqoladan so‘ng saytimizga nisbatan ko‘plab internet foydalanuvchilaridan e’tirozlar bo‘ldi, biroq diniy ulamolar maqolani qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar.

Soqol qo‘yish, ayniqsa, yoshlar orasida buning urfga kirib borayotgani Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jo‘raevning Uchtepa tumanida o‘tkazgan fuqarolar bilan uchrashuvida ham ko‘tarildi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, tumanda istiqomat qilayotgan fuqarolardan biri 18-35 yoshlar atrofidagi yigitlar orasida soqol qo‘yish urfga aylanayotganini aytib, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘raevning fikri bilan qiziqqan.

“Bugungi yig‘ilishda o‘tirganlarning hammasi bu qonunchilik bilan taqiqlanmaganini yaxshi biladi. Xohlagan odam soqol bilan yurishi mumkin”, degan va unga qo‘shimcha sifatida “bu oilada farzandlarga qanday tarbiya berilgani va ular etik jihatdan nimaga o‘rganganlariga bog‘liqligini” aytgan.

Rustam Jo‘raevning ushbu masalaga nisbatan munosabati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Hatto, “Toshkent shahar IIBB boshlig‘i soqol qo‘yishga ruxsat berdi” qabilidagi suratli materiallar ham tarqatilmoqda.

Hozirgacha Toshkent shahar IIBB mazkur masalaga nisbatan rasmiy bayonot bilan chiqqani yo‘q.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: soqol
Просмотров: 1075 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz