Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkent shahrida avtotransportlar harakati cheklangan ko`chalar nomi e`lon qilindi




 

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ta`mirlash ishlari sababli Toshkent shahri ko`chalarida harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanganligini ma`lum qildi.

15 iyun kuni Toshkent shahrining quyidagi ko`chalarida ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan:

•  Taraqqiyot ko`chasi – Mirzo Ulug`bek ko`chasidan Kichik halqa avtomobil yo`ligacha bo`lgan qismida;
•  O`zbekiston shoh ko`chasi – Furqat ko`chasidan Olmazor ko`chasigacha bo`lgan qismida.
Shuningdek, Toshkent shahrining quyidagi ko`chalarida ta`mirlash va qurilish ishlari olib borilayotganligi sababli harakat ishtirokchilaridan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`raladi:
•  Yangi yo`l o`tkazgich qurilishi munosabati bilan Muqimiy ko`chasining – Shota Rustaveli va Bunyodkor shoh ko`chalari bilan kesishgan qismida;
•  Yangi yo`l o`tkazgich qurilishi munosabati bilan Muqimiy va Samarqand darvoza ko`chalari kesishmasida (Oqtepa maydoni);
•  Mavjud yo`l o`tkazgich (puteprovod) ta`mirlanishi munosabati bilan Kichik halqa avtomobil yo`li – Taraqqiyot ko`chasi kesishmasida.
Quyidagi ko`chalarning qatnov qismiga yotiq chiziqlar chizilishi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha chegaralanadi.
•  Movoraunnahr ko`chasi – Mustaqillik shoh ko`chasidan Abdulla Qodiriy ko`chasigacha bo`lgan qismida;
•  Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasi – Do`rmon yo`li ko`chasidan Feruza ko`chasigacha bo`lgan qismida;
•  Feruza ko`chasi – Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasidan Yuzrabod ko`chasigacha bo`lgan qismida.


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (15.06.2016)
Просмотров: 831 | Теги: ShHT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar