Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkent shahrida firibgarlikning yangi turi paydo bo`ldi



 

Toshkent shahrida odamlarni aldab pul ishlashning yangi turi paydo bo`ldi. Bu haqda “Sayyod.com” nashri xabar bermoqda.  

Bir guruh yosh yigitlar Toshkent shahridagi ko`p qavatli uylarning eshigini taqillatib, xonadon raqamini sotib olishga majbur qilmoqda. 

Nashrning ma`lum qilishicha, ular o`zlarini tuman hokimiyatining muvofiqlashtirish bo`limidan ekanligini ta`kidlab, hamma xonadonlarning raqami bir xil bo`lishi kerakligini ta`kidlab, odamlarga plastmassadan yasalgan raqamlarni pullamoqda. Xitoyda ishlab chiqarilgan plastmassa raqamlar 5 ming so`mdan 20 ming so`mgacha sotilayotgani aytilmoqda. 

“Uyimizga yosh yigitcha kelib hokimiyatni muvofiqlashtirish bo`limidanman, deb qandaydir bir qarorni nusxasini ko`rsatib, 20 ming so`mdan uy raqamini sotib olishni taklif etdi va bu majburiy ekanini aytdi.  Men ham o`zimni tanishtirib hokimiyatda bunday bo`lim yo`qligini aytganimda u ‘Kamolot’ bo`limidanman, deyishga tushdi. Keyin esa go`yoki xo`jayini bilan bog`lab berdi. Qizig`i u xo`jayini xam shu yigitchadek yosh va bir ikki savolimga javob berolmay telefonni qo`yib qo`ydi.  Qonunni bilganim uchun ishni milisiyaga oshirdim. Ishonsangiz, bular uyushgan va tarmoqlab ketishgan ekan. Xammasi 1995-97 yillarda tug`ilgan yoshlar. Bir nechta tumanlarda 5 ming so`mdan 20 ming so`mgacha shunday firibgarlik yo`li bilan arzon uy raqamlarini hokimiyat nomidan sotib ulgurishgan. Ancha buncha pulga shu tariqa ega bo`lishgan.  Ro`zada  mana shu ishlarni qilib yurgan  yoshlarga qarab achinasan ham.  Muhtojmikan desang tuppa-tuzuk kiyingan, qo`lida Iphone 5”,—deydi firibgarlar bilan suhbatlashgan guvohlardan biri.


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (08.06.2016)
Просмотров: 1008 | Теги: toshkent, firibgar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar