Главная » 2016 » Июнь » 27 » Toshkent va Andijonda 3 balli yerosti silkinishlari sezildi
11:06
Toshkent va Andijonda 3 balli yerosti silkinishlari sezildi




26-iyun, yakshanba kuni Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegara zonasida magnitudasi 6,3 ga teng zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi va AQSh Geologiya xizmati xabar bermoqda.

Zilzila epitsentri Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridan taxminan 390, O‘sh shahridan 122 kilometr uzoqlikda joylashgan. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 20 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

“Toshkent” markaziy seysmostansiyadan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, zilzila kuchi Toshkent va Andijon shaharlarida taxminan 3 ballni tashkil etgan.

Категория: TURFA OLAM | Просмотров: 320 | Добавил: AdminoFF | Теги: zilzila | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: