Toshkentda 1000 dollarga chaqaloq sotayotgan ayollar qo‘lga olindi


21 avgust kuni Toshkent shahar IIBBga fuqaro Umida Yalgasheva murojaat qilib, chaqaloqni sotmoqchi bo‘lgan ikki ayol haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avgust oyi boshida Shahodat ismli ayol qizi Zarinani homilador ekanligini aytgan va tug‘iladigan chaqaloqni 1000 AQSh dollari evaziga sotmoqchi ekanligini bildirgan. Shu kunning o‘zida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tezkor chora ko‘rildi.

21 avgust kuni soat 14:00 da Olmazor tumanining Farobiy ko‘chasida joylashgan “Makro” supermarketi avtoturargohida Shahodat Sattorova va Zarina Jo‘raqulova 16 avgust kuni tug‘ilgan qizni hech qanday hujjatlarsiz 1000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.

Sattorova va Jo‘raqulovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davomida ayollarning aybi tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, ya’ni odam savdosi , bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni olish-sotish aybi e’lon qilindi va hozirda qamoqqa olish jazosi tayinlanishi kutilmoqda.

(Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan)

Durdona Rasulova



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Toshkentda, 1000 dollar, Ayollar, chaqaloq sotayotgan, qo‘lga olindi
Просмотров: 967 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:40
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz