Главная » TURFA OLAM

Toshkentda 13-iyul kuni havo harorati +41 darajagacha ko‘tariladi, kuchli shamol kuzatiladi




O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 13-iyul, chorshanba kuni kuchli shamol kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 13-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +13…+18 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +18…+23 daraja, Toshkent shahrida +24…+26 daraja, mamlakatning qolgan qolgan hududlarida +22…+28 darajagacha iliq bo‘ladi.

13-iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +23…+28 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +30…+35 daraja, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa +35…+40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, shu kuni Toshkent shahrida havo harorati +41 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida +42 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +44 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Qayd etishlaricha, 13-iyulga o‘tar kechasi va 13-iyul kuni kunduzi Farg‘ona vodiysidan boshqa O‘zbekistonning barcha hududlarida kuchli shamol kuzatiladi, bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.


Источник: daryo.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (12.07.2016)
Просмотров: 308 | Теги: ob-havo shamol | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar