Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentda 18-oktabr kuni kechga tomon havo harorati pasayadi, qor yog‘ishi mumkin






18-oktabr, seshanba o‘tar kechasi va seshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning qator hududlarida, xususan, Toshkent shahrida qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Toshkent shahri
 
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi, 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8…+10 daraja iliq, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘ladi, kechga tomon +4…+6 daraja iliqgacha pasayadi.
 
Qoraqalpog‘iston Respubliksi va Xorazm viloyati
 
Havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1…+6 daraja iliq, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlari
 
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.
 
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari
 
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja iliq, kunduzi +8…+13 daraja iliq bo‘ladi.
 
Surxondaryo viloyati
 
Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11…+16 daraja iliq, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
 
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 iliq, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.
 
O‘zbekistonning tog‘li hududlari
 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (17.10.2016)
Просмотров: 307 | Теги: ob-havo shamol | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar