Главная » TURFA OLAM

Toshkentda 19-iyun kuni havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi



 

O‘zbekistonda 19-iyun, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

19-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +8…+13 daraja, Toshkent shahrida +18…+20 daraja, qolgan hududlarda +23…+25 darajagacha iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +23…+28 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +30…+35 daraja, Toshkent shahrida +35…+37 daraja, qolgan hududlarda +38…+40 darajagacha issiq bo‘ladi.


Источник: daryo.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (19.06.2016)
Просмотров: 135 | Теги: ob- havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar