Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentda 28-noyabr kuni +5 darajagacha iliq bo‘ladi




O‘zbekistonda 28-noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 28-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -18…-13 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -13…-8 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida -12…-7 daraja, Toshkent shahrida -9…-7 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida -8…-3 daraja sovuq bo‘ladi.
 
Dushanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida -5…0 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 0…+5 daraja, Toshkent shahrida +3…+5 daraja, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +2…+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Butun O‘zbekiston bo‘yicha 28-noyabrga o‘tar kechasi va 28-noyabr kuni tongda tuman tushishi mumkin. Mamlakatning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (27.11.2016)
Просмотров: 223 | Теги: ob-havo noyabr | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar