Главная » 2016 » Июнь » 29 » Toshkentda 2 balli yerosti silkinishlari sezildi
13:25
Toshkentda 2 balli yerosti silkinishlari sezildi

 



29-iyun, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 02:38 da O‘zbekiston poytaxtidan 450 kilometr janubi-sharqda, Tojikiston va Xitoy zonalarida magnitudasi 5,4 ga teng zilzila yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Zilziladan so‘ng Toshkentda 2 balli yerosti silkinishlari sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-iyun kuni Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegara zonasida magnitudasi 6,3 ga teng zilzila yuz berishi oqibatida Toshkent va Andijonda 3 balli yerosti silkinishlari sezilgan edi.

27-iyun kuni esa Qirg‘iziston hududida magnitudasi 4,8 ga teng zilzila yuz bergandi. O‘sha zilziladan so‘ng Toshkent va Namanganda 2 balli yerosti silkinishlari sezilgandi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: TURFA OLAM | Просмотров: 235 | Добавил: AdminoFF | Теги: zilzila | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: