Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentda biometrik pasportlar berilishi vaqtincha to`xtatildi



 
 
Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi pasport bo`limlari fuqarolarga biometrik pasportlar berishni vaqtincha to`xtatdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, «Novosti Uzbekistana» xabar berdi.

Vazirlik matbuot xizmati vakili Zikirillo Ne`matovning aniqlik kiritishicha, bir oy davomida biopasportlarni tayyorlovchi qurilmalarga texnik xizmat ko`rsatiladi va profilaktikadan o`tkaziladi. Profilaktika ishlari bir vaqtning o`zida shaharning barcha pasport bo`limlarida olib boriladi va 11 dekabr kuni yakuniga etadi, deb yozadi “Daryo.uz” nashri.

Fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash masalasida 12 dekabr, dushanba kunidan boshlab tuman pasport stollariga murojaat qilishi mumkin.

Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (16.11.2016)
Просмотров: 368 | Теги: biometrik pasportl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar