Toshkentda "Ehtirom" mukofoti sohiblari taqdirlanmoqda


Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san’at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti sohiblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Tadbirda san’atning turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz, rejissyor va xonandalar, bastakorlar, musiqa ijrochilari, muzey va teatr mutasaddilari, oliy ta’lim maskanlarining professor-o‘qituvchilari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari taklif etilgan.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ziyolilari bilan uchrashuvi chog‘ida san’atning barcha yo‘nalishlari, adabiyot, media sohaga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga oid amaliy chora-tadbirlar bilan birga yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularning didi va tafakkurini to‘g‘ri shakllantirishda ijodkorlar zimmasidagi mas’uliyatni yanada kuchaytirish borasida dolzarb vazifalar belgilandi.

Tadbirda san’at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar taqdirlandi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: ehtirom
Просмотров: 738 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:28
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz