Главная » 2016 » Ноябрь » 1 » Toshkentda Feliks Yanov-Yanovskiyning noodatiy konserti bo‘lib o‘tdi
23:36
Toshkentda Feliks Yanov-Yanovskiyning noodatiy konserti bo‘lib o‘tdi






29-oktabrda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida musiqa olamida “Tajribalar ustasi” nomini olgan Feliks Yanov-Yanovskiy asarlari asosida simfonik konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Turkiston” kichik orkestri jo‘rligida o‘tgan konsertning yangiligi shundaki, torli tirnama, puflama, klavishali cholg‘u asboblari uyg‘unligida noodatiy musiqalar tinglovchilar hukmiga havola etildi, deyiladi xabarda.
 
“Oltin kuz” xalqaro san’at festivali doirasidagi “Besh koncherto” konserti dirijori, orkestr badiiy rahbari, O‘zbekiston san’at arbobi Eldor Azimov. Solistlar — xalqaro tanlovlar g‘oliblari Alibek Kabdurahmonov, Xurshid Hamidov, Jamshid Ubaydullayev.
 
Taniqli o‘zbek bastakori, musiqa asarlari nafaqat O‘zbekiston, ayni paytda Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Chexiya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar sahnalarida yangragan Feliks Yanov-Yanovskiyning bu galgi konserti ham muxlislar olqishi va hayratiga sazovor bo‘ldi.
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 138 | Добавил: AdminoFF | Теги: Feliks Yanov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: