Toshkentda keng ko‘lamli Fiori kvesti boshlandi

Bosh sovrin — Tailandga ikki kishilik sayohat!

 
Fiori gullar butigi toshkentliklarning oddiy ish kunlariga xilma-xillik olib kirib, haqiqiy romantik sarguzashtlar tashkil qiladi! Butun Toshkent bo‘ylab illyustratsiyalar — bir umrga tatigulik muhabbat tarixining qismlari paydo bo‘ladi. Sizning vazifangiz — uni birinchi bo‘lib jamlash va Tailand Qirolligiga ikki kishilik sayohatni yutib olish!

 

Fiori sevgi tarixini tashkil qiluvchi yigirmata rasm navbatma-navbat har xil vaqtlarda, har xil joylarda va eng kutilmagan shakllarda paydo bo‘ladi. Ishtirokchilarning vazifasi — har bitta illyustratsiyaning joylashgan joyini topish. 20 ta illyustratsiyaning barchasini birinchi bo‘lib to‘plagan kishi bosh sovrin — kvest hamkori — Jazira sayyohlig agentligidan to‘liq qoplanadigan bir haftalik sayohatni qo‘lga kiritadi.

Har bitta rasm uchun kalit so‘z topishmoq ko‘rinishida Fiori’ning Facebook vaInstagram’dagi sahifalarida, Kvest saytida va Telegram kanalidada e’lon qilinadi.

Fiori muhabbat tarixining rasmi joylashgan joyni aniqlab, rasmni topish va uni suratga tushirish, so‘ng fotosuratni saytdagi shaxsiy kabinetga yuklash kerak. Shaxsiy kabinetga esa illyustratsiyadagi maxsus xeshtegni kiritish orqali o‘tish mumkin.
www.fiori.uz

Kvestda qatnashish uchun  saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ro‘yxatdan o‘ting va sarguzashtlar sari olg‘a! O‘yin boshlandi!



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Toshkentda keng ko‘lamli Fiori kves
Просмотров: 1061 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:25
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz