Toshkentda kommunal xizmat xodimlarining mas’uliyatsizligi oqibatida YTHlar yuz bermoqda


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy gospitali oldidagi ko‘chaning Toshkent lok-bo‘yoq zavodigacha bo‘lgan qismida kommunal xizmatlar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilayotani sabab, haydovchilar uchun favqulodda xavfli yo‘lga aylandi. “12news.uz”ning xabar berishicha, kuni kecha bu yerda yana bir avtomobil falokatga uchradi.Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchisining ma’lum qilishicha, yo‘lning bu qismida, sobiq Gruziya elchixonasi qarshisida har birining o‘lchami 6×20 metr, chuqurligi 8—10 metr bo‘lgan to‘rtta chuqurlik qazib qo‘yilgan.“Haydovchilarni ogohlantiruvchi, tungi vaqtlarda yonib turuvchi hech qanday belgi yo‘q! Bu yerda beshinchi mashina falokatga uchradi! Avtomobildagi yo‘lovchi og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketildi”, — deb yozadi foydalanuvchi.Avvalroq, “kun yorug‘, yomg‘ir yog‘mayotgan vaqtda ‘Volga’ rusumli avtomobil ham mazkur o‘ralardan biriga tushib ketgani” haqida habarlar va fotosuratlar paydo bo‘lgandi.


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 1107 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz