Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Toshkentda kuchli portlash bilan kuzatilgan yong`in sabablari ma`lum bo`ldi



 

9 iyun kuni soat chamasi 22:30 larda Toshkentda kuchli portlashlar bilan kuzatilgan yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergandik.

Mazkur yong`in sabablarini aniqlash maqsadida Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi Bosh boshqarmasi bilan bog`landik.

Darakchi.uz nashriga berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 9 iyun kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan tekstil zavodi hududidagi Polizol ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonda yong`in sodir bo`lgan. Mazkur sexdagi texnologik jarayonda propan gazdan foydalanishga ruxsat berilgan bo`lib, sodir bo`lgan yong`in oqibatida propan gaz baloni portlab ketgan. Yong`in oqibatida 300 kvadrat metr hudud yongan. Yong`in yuz bergan hududga 8 ta o`t o`chirish brigadalari jalb etilgan bo`lib, ulardan 6 ta mashina yong`inni yarim soat ichida to`liq bartaraf etdi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

 


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (10.06.2016)
Просмотров: 957 | Теги: Kuchli yongin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar