Главная » AVTO OLAM

Toshkentda “Matiz” va “Kobalt” ishtirokidagi YTHda 3 kishi jabrlandi (Foto)


 

Roison zavodiga eltuvchi yo`lda bugun ertalab yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda “Nuz.uz” nashri muxbirlariga guvohlar xabar berib,olingan suratlarni taqdim etishgan. “Kobalt” haydovchisi vaqtdan yutish maqsadida mumkin bo`lmagan joydan mashinasini burib, uzluksiz chiziqni kesib o`tgan. Bu paytda o`z yo`lida kelayotgan “Matiz” haydovchisi tormoz berishga ulgurmay, mashinalar ro`parama-ro`para to`qnashgan.

Zarbaning kuchliligidan “Kobalt”ning old o`rindig`ida o`tirgan yo`lovchi boshi bilan mashinaning old oynasini sindirib yuborgan. Har ikkala mashina haydovchilari ham tan jarohatlari olgan. YTHning behush holdagi uch nafar jabrlanuvchilarini “Tez yordam” poytaxt kasalxonalaridan biriga etkazgan. Dahshatli YTHga guvoh bo`lgan Roison zavodi ishchilari birinchi yordam ko`rsatish maqsadida suv, aptechka ko`targan holda voqea joyiga shoshilgan. Qisqa lahzalarda etib kelgan YHXB xodimlari odamlardan tarqalishni iltimos qilgan.


Источник: darakchi.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (03.06.2016)
Просмотров: 698 | Теги: YTH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar