Главная » 2016 » Июнь » 6 » Toshkentda may oyida kvartiralar narxi 2 foizga arzonlashdi
10:47
Toshkentda may oyida kvartiralar narxi 2 foizga arzonlashdi



 

Toshkent shahrida may oyida kvartiralar narxi arzonlashishda davom etmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

May oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o`rtacha narx aprel bilan taqqoslanganda 2 foizga arzonlab, 623 sh. b. (shartli birlik)dan 609 ga qadar etdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz»ga taqdim etgan hisobotda o`z ifodasini topdi.

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi apreldagi 590 sh. b. dan 574 sh. b. ga (-3%), g`ishtli uylar narxi esa — 663 o`rniga 652 sh. b ga arzonladi (-2%).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo`lmoqda: bir xonali kvartiralar — 610 sh. b. (-2%), ikki xonali — 593 (-3%), uch xonali — 611 (-2%), to`rt xonali — 630 (-3%), ko`p xonali — 605 (-2%).

Прикрепления: Картинка 1
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Просмотров: 450 | Добавил: AdminoFF | Теги: toshkent, May, uy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: