Главная » TEXNOLOGIYA

Toshkentda Meizu M3 Note smartfoni 1,35 mln so‘mdan sotila boshladi





O‘zbekistonda Meizu kompaniyasining M3 Note modeli savdoga chiqdi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Kompaniya ushbu smartfonni arzon model sifatida tanishtirsa-da, uning mahalliy bozordagi narxini past deb bo‘lmaydi.
Metall korpus va baquvvat batareyaga ega Meizu M3 Note smartfoni aprel oyida taqdim etilgan edi.
 
Smartfonga sakkiz yadroli MediaTek Helio P10 protsessori o‘rnatildi. Tezkor xotira hajmiga qarab, smartfon ikki xil versiyada chiqariladi (2 Gb va 3 Gb). Xotirani qo‘shimcha ravishda microSD yordamida 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.
 
Akkumulyator sig‘imi — 4100 mA/soat, bu 17 soat davomida video ko‘rish uchun yetarlidir. Smartfon LTE’ning barcha chastotalarini, shuningdek, VoLTE texnologiyasini “ko‘tara oladi”, bu avtonom tarzda ishlash vaqtini ancha ko‘paytiradi.
 
Displey o‘lchami 5,5 dyuymga teng, asosiy kamera 13, old kamera esa 5 megapiksellidir. Barmoq izi skaneri “Uyga” (Home) tugmasiga o‘rnatilgan.
 
Smartfon kulrang, oq va tillarang korpuslarda taqdim etiladi.
 
Meizu M3 Note narxi Xitoyning o‘zida 125 dollardan boshlanadi. Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida esa uni 1 344 000 so‘mga sotib olish mumkin.

Источник: Daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA | Добавил: AdminoFF (06.10.2016)
Просмотров: 263 | Теги: Meizu, Note smartfon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar