Toshkentda narxi qariyb 100 ming dollarlik Porsche ishtirokida YTH yuz berdi Mp3lar.Com



Toshkent shahrida 8-dekabr, seshanba kuni Porsche Panamera avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan, foto va videoma’lumotlar ilova qilingan.Yo‘l-transport hodisasi Toshkent Moliya institutining Amir Temur shoh ko‘chasidagi binosi oldida yuz bergan. Avtomobil old tomoni bilan qatnov qismiga nisbatan qarama-qarshi holatda turib qolgan, mashinaga jiddiy zarar yetgan.Guruh foydalanuvchilarining qayd etishicha, YTHga yomg‘irli ob-havo va yo‘lning bu vaqtda sirpanchiqligi sabab bo‘lgan. Foydalanuvchilar tomonidan ilova qilingan axborotga ko'ra, avariyaga uchragan avtomobil narxi 80—100 ming AQSh dollariga teng edi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2972 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz